Portal haqida

Portal haqida

Portal haqida

 “taklif.digital.uz” portali aholi va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish jarayoniga keng jalb qilish, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatini yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini shakllantirishda ularning faol ishtirokini ta’minlash mexanizmini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan.

Portalning maqsadi Vazirlik missiyasi va asosiy maqsadlariga, xususan raqamli texnologiyalar sohasi xizmatlar va eksporti hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda elektron hukumat reytingida mamlakatimiz o‘rnini yaxshilashga hissa qo‘shuvchi yangi takliflarni izlab topish va ularni kelgusida qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Portal quyidagi vazifalarni bajaradi:

- yangi takliflarni qabul qilish;

- barcha manfaatdor tomonlar tomonidan tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqish va baholash;

- sohani rivojlantirishga doir yangi takliflarning raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish.